Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal
Tushuntirish

1 Prezident maktablarida testlarni Cambridge Assessment olmaganmi?

Albom20-iyul, 2023, 15:312 daqiqa0 koʻrish
Javob berilgan xabar: Xushnudbek.uzIxtisoslaştirilgan taʼlim muassasalari agentligi va Cambridge Assessment vakillari test sinovlari haqidagi savollarga javob berişdi.

1️⃣ Prezident maktablarida testlarni Cambridge Assessment olmaganmi?

Mazkur savolga dastlab Ixtisoslaştirilgan taʼlim muassasalari agentligi direktori Alişer Ubbiyev javob berdi. Uning aytişiça, 2019-yildan buyon nufuzli Cambridge Assessment xalqaro kompaniyasi bilan hamkorlik qilinmoqda va bu hamkorlik faqat Prezident maktablariga taalluqli emas. Cambridge Assessment öqituvçilar malakasini oşiriş, darslik va metodologiyalar işlab çiqişda ham yordam bermoqda.

Cambridge Assessment bilan har yili şartnoma yangilanadi. Joriy yil uçun şartnoma 2023-yil 24-mart kuni tuzilgan. Uşbu şartnomani öz közimiz bilan kördik, lekin konfedensiallik talabi mavjudligi uçun rasmga olişga ruxsat bölmadi.

1-bosqiç testlarini Cambridge Assessment olganining yana 2 ta oddiy isboti bor:

Birinçidan, joriy yilgi imtihon test kitoblarida Cambridge Assessment International Education nomi hamda mualliflik huquqini bildiruvçi © kopirayt belgisi mavjud (yuqoridagi suratlarda uçala smenada tuşgan variantlar kitobidan rasm olganmiz);

Ikkinçidan, 1-bosqiç test natijalari tez orada Cambridge Assessment saytida eʼlon qilinadi. Mantiqan öylaganda, 100 yildan köproq tarixga va katta reputatsiyaga ega kompaniya özi ötkazmagan test javoblarini "biz ötkazdik" deb rasmiy saytiga joylaştirmaydi.

"Özbekistondagi testda biz qatnaşmayapmiz" deya berilgan javob böyiça esa KunUz allaqaçon izoh eʼlon qilgan. Yaʼni Cambridge Assessment katta taşkilot, uning bir neçta bölim va departamentlari bor. Şulardan biri – Admissions Testing (rad javobli xat yuborgan departament). Uşbu departament ötgan yillarda Özbekistonda test olişga masʼul bölgan. Endi esa Özbekiston bilan bu departament emas, bevosita Cambridge Assessment International Education‘ning özi şuğullanmoqda.

Şu sababli Admissions Testing "biz qatnaşmayapmiz" degan va bu tuşunmovçilikka sabab böldi. Aslida 1-bosqiç testlarini Cambridge Assessment tayyorlagan va javoblarni ham ular eʼlon qiladi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek