Prezident maktablarida joriy yilda bitta töğri javobga neça ball berildi?
Prezident maktablarida joriy yilda bitta töğri javobga neça ball berildi?
Cambridge Assessment kompaniyasi Prezident maktablari uçun imtihonlarni olişidan xabaringiz bor. Keça 1-bosqiç test savollari javobi eʼlon qilindi.
Eng avvalo bir narsani tuşuniş kerakki, test javoblarini Cambridge Assessment özi hisoblaydi, özi tekşiradi, bu jarayonga Özbekistondan heç kim aralaşa olmaydi. Bunda siz-u biz örganib qolgan DTM testidagi kabi 3,1 yoki 2,1 ball bilan osongina javoblar çiqmaydi.
Bu yerda eng avvalo Raş modeli asosida har bir savolning qiyinlik darajasi aniqlab olinadi. Yaʼni bitta savol 10 mingta öquvçiga berilsa, şundan neçta öquvçi töğri va neçta öquvçi notöğri javob berganiga qarab savolning qiyinlik darajasi aniqlanadi. Foiz çiqarilayotganda ham şunga qarab ball beriladi.
Jadvalga eʼtiborga bersangiz, oçiq maʼlumotlar asosida 2023-yilgi Prezident maktablari 1-bosqiç testida neçta töğri javobga neça ball berilganini hisoblab çiqdim.
Bunda muhim joyi smenalarda ballar bir-biridan biroz farq qiladi, çunki har bir smenada bir-birini takrorlamaydigan (!) savollar tuşgan. Şuning uçun ham bitta smenadagi öquvçi boşqa smenadagi öquvçining natijasini aynan takrorlay olmaydi.
Masalan, 1-smenadagi 1-savolga 7 ming öquvçi töğri javob bergan, 2-smena 1-savolga esa 6 ming 500 öquvçi töğri javob bergan va h.k.
Xullas, yuqoridagi jadvalga qarab farzandingiz qaysi blokdagi savollarning neçtasiga töğri javob berganini bilib olişingiz mumkin.
👉 @xushnudbek 👈
