Prezident maktablari uçun hujjatlar qabuli 1-iyundan boşlanadi
❗️Prezident maktablari uçun hujjatlar qabuli 1-iyundan boşlanadi
Hujjatlar 20-iyunga qadar onlayn şaklda ariza.piima.uz sayti orqali qabul qilinadi.
❓ Prezident maktablariga qanday hujjatlar talab etiladi?
✅ Talabgorning:
➖ tuğilganlik töğrisidagi guvohnomasi;
➖ fotosurati (oxirgi 2 oyda olingan);
➖ ota-onasi yoki uning örnini bosuvçi şaxsning pasport maʼlumotlari va telefon raqamlari (doimiy işlab turgan telefon raqamlari) aniq va bexato kiritilişi lozim;
➖ baholar tabeli nusxasi (direktor tomonidan tasdiqlangan).
❓Prezident maktablariga qaysi sinfga neça nafar öquvçi qabul qilinadi?
✅ Umumtaʼlim muassasalarining 4-sinfini tamomlagan öquvçilar Prezident maktablarining 5-sinfiga belgilangan yillik qabul kvotasi doirasida ikkita sinfga 12 nafardan (jami 24 nafar) qabul qilinadi.
❓Istalgan hududdagi Prezident maktabiga topşirsa böladimi?
✅ Yöq. Öquvçilar faqat taʼlim olayotgan hududdagi Prezident maktabiga hujjat topşirişi mumkin. Misol uçun, Qoraqalpoğiston Respublikasidagi maktab öquvçilari faqat Nukus şahridagi Prezident maktabiga, Andijon viloyatidagi maktab öquvçilari esa faqat Andijon şahridagi Prezident maktabiga hujjat topşirişlari mumkin.
❓Prezident maktabiga hujjat topşiriş uçun öquvçining baholariga qanday talab qöyiladi?
✅ Talabgorning matematika va tabiatşunoslik fanlaridan 4-sinfdagi yillik bahosi 5 (aʼlo) bölişi kerak. Boşqa fanlarga nisbatan uşbu mezon tatbiq etilmaydi. Baholar tabelining nusxasi maktab direktori tomonidan tasdiqlangan bölişi şart.
👉 @xushnudbek 👈



