Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal
Muhim

Bugundan akademik litseylarga qabul boşlandi

Matn10-iyun, 2024, 21:401 daqiqa0 koʻrish

❗️Bugundan akademik litseylarga qabul boşlandi

10-iyundan 2024/2025-öquv yili uçun akademik litseylarga my.edu.uz portali orqali hujjatlarni qabul qiliş boşlandi. Qabul 10-iyulgaça (şu kuni ham) davom etadi.

✔️ Toşkent davlat yuridik universiteti qoşidagi akademik litseylari uçun hujjatlar https://litsey.uzbmb.uz sayti orqali qabul qilinadi.

📌 Abituriyentlar röyxatdan ötiş jarayonida tizimga ID karta yoki tuğilganlik haqida guvohnoma maʼlumotlarini kiritişlari va quyidagi hujjatlarni elektron şaklda (PDF, JPEG) yuklaşlari lozim:

● 3,5x4,5 cm ölçamdagi 1 ta rangli fotosurat;
● Öqişga imtiyozli kiriş huquqini beruvçi hujjatlar — fan olimpiadasi ğolibi ekanligini tasdiqlovçi diplom, çet tili va umumtaʼlim fanlarni biliş darajasi töğrisidagi milliy yoki xalqaro sertifikat (mavjud bölsa).

☝️Abituriyentlar röyxatdan ötişda:

➖ özlari tanlagan uçtagaça akademik litseyning bittadan mos yönalişini tanlaşi (bunda taʼlim tili bir xil bölişi kerak);

➖ qaysi çet tilidan kiriş test sinovini topşirişini belgilaydi.

📍 Abituriyent özi tanlagan hududda taşkil etiladigan kiriş test sinovlarida iştirok etadi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek