Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal
Tushuntirish

2 Prezident maktablari uçun testlarni tuziş, ötkaziş, javoblarni tekşiriş tartibi qanday?

Foto20-iyul, 2023, 18:322 daqiqa0 koʻrish
Javob berilgan xabar: Xushnudbek.uzIxtisoslaştirilgan taʼlim muassasalari agentligi Cambridge Assessment bilan hamkorlik va testlarni ötkaziş böyiça tuşunmovçilikka izoh berdi.

2️⃣ Prezident maktablari uçun testlarni tuziş, ötkaziş, javoblarni tekşiriş tartibi qanday?

Jarayonni qisqaroq tuşuntirişga harakat qilaman:

1) Dastlab şartnoma tuziladi. Joriy yilgi mavsum uçun şartnoma 2023-yil 24-mart kuni tuzilgan;

2) Agentlik har yili Cambridge Assessmentʼga imtihonga kiradigan 4-sinflar ötgan barça kerakli darsliklar hamda öquv dasturlarini yuboradi. Cambridge Assessment ular asosida savol tuzadi;

3) Savollar tayyor bölgaç, içki yopiq kanal orqali savollarni töğridan-töğri Bilimlarni baholaş agentligi (sobiq DTM)ga yuboradi. Savollar Ixtisoslaştirilgan taʼlim muassasalari agentligiga berilmaydi;

4) BBA (DTM) savollarni yopiq rejimda çop etadi va maxsus feldyegerlik xizmati orqali imtihon kuni joylarga yetkazadi;

5) Imtihondan söng, BBA javob varaqalarini skaner qilib, tekşiriş uçun yana qayta Britaniyaga yuboradi. Çunki savollarning kaliti BBAga berilmaydi;

6) Cambridge Assessment barça javob varaqalarini Britaniyada tekşirib çiqadi. Bunda testologiya qonun-qoidalariga qay darajada mos kelişini ham özlari tekşiradi;

7) Test natijalari tahlili normal standartlarga mos kelgandan keyin, Cambridge Assessment ötkazilgan testlarni haqiqiy deb topadi va natijalarini özining rasmiy saytiga joylaydi;

8) Prezident maktablari uçun 1-bosqiç testini ötkaziş uçun Britaniyadan vakillar qatnaşmaydi, ammo ular onlayn nazorat qilib turadi. 2-bosqiç uçun esa har bir hududga Cambridge Assessmentʼning 1 tadan vakili yetib keladi, özi imtihon oladi, natijalarni ham özi bilan yiğiştirib, yana qayta Britaniyaga olib ketadi;

Qisqaça tartibi şunaqa.

❗️Aytgança, Cambridge Assessment bugun özining rasmiy saytida Prezident maktablarining 1-bosqiçida ham, 2-bosqiçida ham iştirok etayotganini tasdiqlab bayonot berdi. Xodimlari notöğri javob qaytargani uçun uzr söradi va bu boşqa qaytarilmasligiga vaʼda berdi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek