Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal
Tushuntirish

Prezident grantining afzalligi nimada?

Matn21-sentabr, 2023, 18:351 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan
Javob berilgan xabar: Xushnudbek.uzDavlat komissiyasi bayoni bilan grant sohiblari, jumladan, JIDUga 189 ball töplab, imtiyoz sabab kontraktga tuşgan 5 nafar abituriyent röyxati tasdiqlandi.

Prezident grantining afzalligi nimada?
#abituriyent

Har yili davlat OTMlari bakalavriatining kunduzgi taʼlim şakliga kiriş imtihonlarida eng yuqori ball töplagan 200 nafar yoşlar uçun Prezident granti beriladi.

Prezident grantiga daʼvogar bölgan abituriyentlar davlat granti asosida öqişga qabul qilinadi.

Prezident granti sovrindorlari 1-kursda barça fanlarni “aʼlo” baholarga öqisa, maʼnaviy-maʼrifiy va ilmiy-tadqiqot yönalişlarida yutuqlarga erişgan bölsa, unda stipendiya tanlovida qatnaşadi.

Ötkazilgan tanlov natijalariga köra ğolib bölgan talabalarga Prezident davlat stipendiyasi tayinlanadi va tölanadi.

Prezident granti uçun belgilangan stipendiya 2-kursning öquv yili boşidan oyma-oy tölanadi va şuning uçun unga umumiy şartlarda belgilanadigan stipendiya tayinlanmaydi.

Agar grant sovrindori öquv semestri yakuniga köra kamida bitta fandan “aʼlo” baho olmasa, kelgusi öquv semestri mobaynida unga umumiy tartibda belgilanadigan stipendiya tayinlanadi. Navbatdagi öquv semestri yakuniga köra barça fanlar böyiça özlaştiriş körsatkiçi faqat “aʼlo” baho bölganda, Prezident granti uçun belgilangan stipendiya qayta tayinlanadi va tölab boriladi.

Öqiş yakuniga qadar Prezident grantini uzluksiz olgan talabalar bakalavriat taʼlim yönalişiga mos va turdoş mutaxassislik böyiça magistraturaga kiriş imtihonlarisiz qöşimça davlat granti asosida talabalikka qabul qilinadi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek

Shu postdan oldin

  1. Oqibatlar bilan emas, sabablar bilan kuraşiş kerak

    0 koʻrish2 daqiqa

  2. Prezident granti sohiblari tasdiqlandi

    0 koʻrish2 daqiqa

Yana oʻqing