Tushuntirish

«Perevod» uçun pul tölanadimi?

Matn16-iyul, 2023, 16:211 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

❓“Perevod” uçun pul tölanadimi?
#perevod

Bunda 2 xil qoida bor:

1️⃣ Agar “taşqi perevod” bölsa, yaʼni xorijdan yoki Özbekistondagi nodavlat OTMlardan davlat OTMga köçiriş uçun ariza berilayotganda Bilimlarni baholaş agentligiga 165 ming söm miqdorida tölov qilinadi, çunki ular testga kiradi;

2️⃣ Agar “içki perevod” bölsa, yaʼni bir davlat OTMdan boşqa davlat OTMga yoki bir OTM içida öqişni köçirmoqçi bölsa, unda heç qanday tölov qilinmaydi. Çunki ular testga kirmaydi.

Yana ham oson tuşuniş uçun:

my.uzbmb.uz sayti orqali ariza berilsa, tölov qilinadi, transfer.edu.uz sayti orqali ariza yuborilsa, tölov qilinmaydi.

Çunki:

Nodavlatdan va xorijdan davlat OTMga — my.uzbmb.uz orqali;

Davlatdan davlatga — transfer.edu.uz orqali ariza yuboriladi.

Şuningdek, bir OTM içidagi perevodda rektor nomiga ariza berilsa ham tölov qilinmaydi.

❗️Yana bir masala, super-kontrakt masalasi faqat “taşqi perevod”da bor, “içki perevod”da super-kontrakt yöq.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek