Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal
Tushuntirish

«Perevod» imtihonida qaysi fanlardan imtihon böladi?

Foto15-iyul, 2023, 19:312 daqiqa0 koʻrish

Manba:Xushnudbek.uz

❓“Perevod” imtihonida qaysi fanlardan imtihon böladi?
#perevod

Xorijdagi OTMlardan yoki yurtimizdagi nodavlat va xorijiy OTMlardan davlat oliygohlariga öqişni köçiriş uçun talabgorlar imtihon topşirişlari kerak. Imtihonda belgilangan ötiş balini olgan talabalarga “perevod” uçun ruxsat beriladi.

2023-yil uçun ötiş ballari mana bu yerda:
https://t.me/xushnudbek/20079

Köpçilik joriy yilgi “perevod”da qaysi fandan imtihon olinişi haqida savol bermoqda. Buning javobi quyidagiça:

✅ joriy yilgi “perevod”da ötgan yilgi qabulda qaysi fanlardan imtihon olingan bölsa, öşalardan imtihon olinadi. Bular:

👉 Majburiy fanlar bloki:
(barça yönaliş uçun tuşadi)

1) Ona tili (özbek, rus yoki qoraqalpoq tili)
2) Matematika
3) Özbekiston tarixi

Uçala fanning har biridan 10 tadan savol tuşadi, har biri uçun 1,1 ball beriladi.

Majburiy blokdan jami töplaş mumkin bölgan ball – 33 ball.

👉 Taʼlim yönalişiga mos mutaxassislik blokidagi fanlar:
(yönalişiga qarab özgaradi)

1-fan - 30 ta savol, har biri uçun 3,1 ball;
2-fan - 30 ta savol, har biri uçun 2,1 ball.

Mutaxassislik fanidan jami töplaş mumkin bölgan ball – 156 ball.

⌛️ Öylaş uçun jami 3 soat vaqt.

✅ XULOSA: joriy yil “perevod” imtihonida 5 ta fan, 90 ta savol, 189 maksimal ball.

❓Yurisprudensiya yönalişlarida qaysi fandan imtihon böladi?

✅ Buning javobi ham oddiy. Ötgan yili qaysi fandan test bölgan bölsa, bu yil ham şundan böladi. Yaʼni ötgan yili yurisprudensiya yönalişi uçun tarix fani 1-blok asosiy mutaxassislik fani bölgan. Şu sababli joriy yilgi “perevod” imtihonida ham tarixdan savol beriladi, huquqdan emas.

Çunki huquqdan birinçi marta bu yil test savollari tuşadi. Bu degani kelgusi yilgi “perevod” imtihonlarida yurisprudensiya yönalişlari uçun huquqdan savol tuşadi, tarixdan emas.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek