Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal
Tushuntirish

«Perevod» uçun bugun pul tölaşga ulgurmasa nima böladi?

Matn5-avgust, 2023, 19:312 daqiqa0 koʻrish

❓“Perevod” uçun bugun pul tölaşga ulgurmasa nima böladi?
#perevod

Xorijdan va Özbekistondagi nodavlat oliygohlardan öqişini köçiriş uçun ariza bergan köpçilikda “Körib çiqiş uçun qabul qilindi” degan yozuv çiqib turibdi. Bunday holatda testga kiriş uçun tölov qilib bölmaydi, faqat ariza qabul qilingandan keyingina tölov invoysi çiqadi.

Bugun, 5-avgustda arizasi qabul qilinmagan va natijada tölov qila olmagan talabalar taqdiri nima böladi? Ular perevod imtihonidan qolib ketmaydimi?

✅ Yöq, qolib ketmaydi. Tölovni ariza qaçon qabul qilinsa, şunda qilaverasiz. U 7-avgust böladimi, 10-avgust böladimi, farqi yöq.

Faqat şaxsiy kabinetingizni tekşirib turing, arizangiz holati özgarsa, yaʼni yoki ariza qabul qilinsa, yoki rad etilsa, şunga qarab iş qilişingiz kerak böladi. Agar qabul qilinsa, tezda tölov qilişingiz, agar rad qilinsa, arizangizdagi xatoni töğrilab, qayta topşirişingiz kerak.

Xullas, arizasi hali qabul qilinmaganlar uçun bugun tölov qilişning oxirgi kuni emas, xavotir olmang.

❓Özi perevodda kimlar tölov qiladi?

Bunda 2 xil qoida bor:

1️⃣ Agar “taşqi perevod” bölsa, yaʼni xorijdan yoki Özbekistondagi nodavlat OTMlardan davlat OTMga köçiriş uçun ariza berilayotganda Bilimlarni baholaş agentligiga 165 ming söm miqdorida tölov qilinadi, çunki ular testga kiradi;

2️⃣ Agar “içki perevod” bölsa, yaʼni bir davlat OTMdan boşqa davlat OTMga yoki bir OTM içida öqişni köçirmoqçi bölsa, unda heç qanday tölov qilinmaydi. Çunki ular testga kirmaydi.

Yana ham oson tuşuniş uçun:

my.uzbmb.uz sayti orqali ariza berilsa, tölov qilinadi, transfer.edu.uz sayti orqali ariza yuborilsa, tölov qilinmaydi.

Çunki:

Nodavlatdan va xorijdan davlat OTMga — my.uzbmb.uz orqali;

Davlatdan davlatga — transfer.edu.uz orqali ariza yuboriladi.

Şuningdek, bir OTM içidagi perevodda rektor nomiga ariza berilsa ham tölov qilinmaydi.

❗️Yana bir masala, super-kontrakt masalasi faqat “taşqi perevod”da bor, “içki perevod”da super-kontrakt yöq.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek