Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

«Perevod» korrupsiyasi

Matn31-avgust, 2022, 12:381 daqiqa0 koʻrish

“Perevod” korrupsiyasi

Toşkent viloyati Zangiota tumani hokimligi xodimi 2 nafar fuqaroni Qirğizistondagi oliy öquv yurtida öqişlari haqida soxta hujjatlar tayyorlab, söngra ularning öqişlarini poytaxtimizdagi oliygohlardan birining 2-bosqiçiga köçirib beriş evaziga 18 ming AQŞ dollari olgan vaqtida uşlandi. Bu haqda DXX axborot xizmatiga tayanib, @uzauz xabar bermoqda.

Şuningdek, xorijiy davlatlardagi OTMlarga öqişga kirişga kömaklaşiş bilan şuğullanuvçi, Toşkent şahridagi MÇJ rahbari Qozoğiston Respublikasi fuqarosi bilan kelişgan holda 2 nafar fuqaroni Qozoğistondagi oliygohlardan birining 1-bosqiçini tamomlaganliklari haqidagi hujjatni tayyorlab beriş evaziga har biridan 15 mln. sömdan pul mablaği talab qiladi.

Natijada, u MÇJ hisob raqamiga umumiy 9 mln. söm, Qozoğiston fuqarosi nomiga 1900 AQŞ dollari ötkazilgani töğrisida 4 dona kvitansiyalarni qabul qilib olgan vaqtida uşlandi.

Şuningdek, DXX xodimlari tomonidan Boş prokuratura huzuridagi Departament bilan hamkorlikda ötkazilgan yana bir tezkor tadbirda poytaxtimizdagi nufuzli oliygohlardan birining 3-bosqiç talabasi 2 nafar fuqarodan 2 ming AQŞ dollari olgan vaqtda uşlandi.

Maʼlum bölişiça, u Qozoğistondagi oliygohlardan birining 2-bosqiçini tamomlaganligi haqida soxta hujjat olib berib, mazkur hujjat orqali Toşkent şahridagi xususiy universitetning 2-bosqiçiga öqişga kiritib qöyişini vaʼda qilgan.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek