Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

Pedagoglarni attestatsiyadan ötkaziş 15-aprel kuni boşlanadi

Matn29-mart, 2024, 15:031 daqiqa0 koʻrish

Maktabgaça va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi pedagoglarni attestatsiyadan ötkaziş 15-aprel kuni boşlanadi.

Malaka sinovlari uşbu manzillarda test şaklida ötkaziladi.

Attestatsiya ikki bosqiçda (bir kunda va bir vaqtda) kompyuter dasturlari orqali amalga oşiriladi.

👉 Test sinovlarini bajariş uçun:

➖ matematika, informatika va axborot texnologiyalari, kimyo, biologiya, fizika fanlari uçun — 120 daqiqa;

➖ qolgan barça fanlar uçun — 90 daqiqa vaqt ajratiladi.

👉 Malaka sinovlarining:

1️⃣ birinçi bosqiçida – mutaxassislik fani va kasb standarti böyiça bilim darajasini aniqlaş uçun 40 ta (mutaxassislik fanidan 35 ta, pedagogning kasbiy standartlaridan 5 ta) test topşiriği beriladi. Har bir töğri bajarilgan test 2 ball bilan baholanadi. Test sinovlari uçun jami 80 ball beriladi;

2️⃣ ikkinçi bosqiçda – pedagogik mahoratni aniqlaş maqsadida ilğor pedagogik uslub va texnologiyalarni (“case study” uslubi, loyihalar uslubi, hamkorlikda öqitiş, “amaliy öyin”, interfaol taʼlim uslubi va boşqalar) qöllaş böyiça 10 ta topşiriq beriladi. Har bir töğri berilgan javob 2 ball bilan baholanib, jami 20 ball beriladi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek