Parijda Özbekistonning 2 ta katta körgazmasi bölib ötadi
Parijda Özbekistonning 2 ta katta körgazmasi bölib ötadi
Şulardan biri dunyoga maşhur Luvr muzeyida böladi. Bu muzeyda körgazma taşkil qiliş juda murakkab va qiyin jarayon. Adaşmasam, Markaziy Osiyodan Luvrdagi ilk körgazma bölyapti.
Körgazmalar haqida maʼlumot:
1️⃣ «Samarqandga yöl, ipak va oltin möʼjizalari»
Ötkaziliş joyi: Arab dunyosi instituti, Parij
Vaqti: 2022-yil 23-noyabr - 2023-yil 4-iyun
Körgazmada Özbekiston amaliy va tasviriy sanʼatining noyob yutuqlari, jumladan, mamlakatimizning 9 ta muzeyidan 300 dan ortiq eksponatlar örin olgan. Şuningdek, körgazmada Nukus şahridagi I. V. Savitskiy nomidagi Qoraqalpoğiston Respublikasi Davlat sanʼat muzeyi kolleksiyasidan Turkiston avangardining 24 ta rasmini köriş mumkin.
2️⃣ “Özbekiston vohalari xazinalari. Karvon yöllari çorrahasida
Joyi: Luvr muzeyi, Parij
Vaqti: 2022-yil 23-noyabr - 2023-yil 6-mart
Özbekistonning ikki ming yillik – islomgaça bölgan davrdan temuriylar davrigaça bölgan davrni öz içiga olgan madaniy merosiga bağişlangan keng kölamli körgazma. Körgazmadan 168 ta muzey eksponati, xususan, Özbekistonning 13 ta muzeyidan 137 ta, şuningdek, dunyoning yetakçi muzeylaridan 31 ta eksponat örin olgan. Eʼtiborli tomoni, körgazma uçun özbek va fransuz mutaxassislari tomonidan 70 ta buyum restavratsiya qilindi. Bundan taşqari, Luvr mutaxassislari bilan birgalikda Özbekistondan Fransiyaga eng qimmatbaho buyumlarni taşiş tizimi puxta taşkil etildi.
Taşkilotçilar: Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Madaniyat va sanʼatni rivojlantiriş jamğarmasi, Arab dunyosi instituti, Luvr muzeyi va boşqa masʼul taşkilotlar.
👉 @xushnudbek 👈



