Özbekistonda «Vatandoş» kartasi joriy qilinadi
❗️Özbekistonda “Vatandoş” kartasi joriy qilinadi
Bu böyiça Prezident qarori qabul qilindi.
Unga köra, xorijda istiqomat qilayotgan vatandoşlarimiz orasidan:
🔹 yurtimizning iqtisodiy va ijtimoiy hayotida faol iştirok etayotgan;
🔹 mamlakatimizning boşqa davlatlar bilan döstona munosabatlarini mustahkamlaşga munosib hissa qöşayotgan;
🔹 respublikada xayriya (metsenatlik) faoliyatini amalga oşirayotganlarga “Vatandoş” kartasi beriladi.
💳 “Vatandoş” kartasi 5 yil muddatga beriladi hamda karta egalari quyidagi huquqlarga ega böladi:
✈️ Özbekiston hududiga vizasiz kiriş va çiqiş;
🏠 mamlakat hududida köçmas mulk sotib olişda çet el fuqarolariga nisbatan belgilangan köçmas mulkning miqdorlari tatbiq etilmaydi va Özbekiston Respublikasida yaşaş guvohnomasi talab qilinmaydi;
📃 xorijiy fuqaroga beriladigan mehnat faoliyatiga bölgan huquqni tasdiqlovçi hujjatlarsiz mehnat faoliyati bilan şuğullaniş;
🏥 Özbekiston fuqarolari uçun belgilangan şartlarda tibbiy, taʼlim va boşqa davlat xizmatlaridan foydalaniş.
❗️Karta egalarining oila aʼzolariga (ota-onasi, er (xotini) va voyaga yetmagan farzandlari) quyidagi imtiyozlar beriladi:
🔹 amaldagi viza muddatini uzaytirişda Özbekiston hududidan çiqiş zaruratisiz çeklanmagan miqdorda uzaytiriş imkoniyati bilan davlat boji undirilmasdan köp martalik viza oliş;
🔹 Özbekiston fuqarolari uçun nazarda tutilgan şartlarda tibbiy, taʼlim va boşqa davlat xizmatlaridan foydalaniş;
🔹 vaqtinça turgan joyi böyiça röyxatga olişni davlat boji undirilmasdan içki işlar organlarida rasmiylaştiriş va uzaytiriş.
👉 @xushnudbek 👈
- 4 Telegram Stars

