Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal
Sport

Özbekistonda ötadigan jahon çempionati qöşnilarimiz uçun omadli kelmoqda

Matn27-aprel, 2024, 13:412 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Özbekistonda ötadigan jahon çempionati qöşnilarimiz uçun omadli kelmoqda

Futzal böyiça 2024-yilgi jahon çempionati 14-senyatbrdan 6-oktyabrgaça Özbekistonning 3 ta şahri — Toşkent, Andijon va Buxoroda bölib ötadi.

Markaziy Osiyoda ilk bor ötadigan FIFA şafeligidagi musobaqada dunyoning eng kuçli 24 ta terma jamoasi, jumladan, amaldagi ğolib 🇵🇹Portugaliya, beş karra çempion 🇧🇷Braziliya, dunyoning eng kuçli terma jamoalaridan hisoblanadigan 🇪🇸Ispaniya va 🇦🇷Argentina kabi jamoalar iştirok etadi.

Eng qiziği uşbu musobaqada biz bilan birga yana 3 ta qöşnimiz ham qatnaşadi. Bunaqasi tarixda bölmagan!

Yaʼni Yevropa nomidan 🇰🇿Qozoğiston allaqaçon yöllanmani qölga kiritib bölgan. Şuningdek, Osiyo kubogi yarim finaliga çiqqan 🇹🇯Tojikiston ham öz tarixida ilk marta Jahon çempionatida qatnaşadi. Özi umuman Tojikiston terma jamoasi kattalar örtasida ilk marta FIFA musobaqasida iştirok etar ekan.

Ertaga 🇰🇬Qirğiziston va 🇦🇫Afğoniston örtasidagi saralaş öyinida kim ğolib çiqsa, öşa jamoa ham öz tarixida ilk marta JÇda qatnaşiş huquqini qölga kiritadi. Özbekiston yarim finalga çiqib, uşbu 2 nafar qöşnimizga JÇga çiqiş imkoniyatini yaratib berdi.

Gap şundaki, Osiyo kubogi yarim finaliga çiqqan 4 ta jamoa JÇga çiqar edi. Özbekiston esa mezbon sifatida şundoq ham çiqib bölgandi. Çorak finalda 🇻🇳Vyetnamni yutib, yarim finalga çiqqanimizdan keyin, çorak finalda yutqazgan jamoalar uçun yana 1 ta örin berildi. Keça ötgan saralaş bahslarida Afğoniston Iroqni, Qirğiziston esa Vetnamni yutdi. Endi ertaga ikkalasi özaro öyinda kim JÇga çiqişini aniqlab beradi.

XULOSA: yurtimizda ötadigan JÇda 4 ta qöşnilar qatnaşişi aniq — 🇺🇿Özbekiston, 🇰🇿Qozoğiston, 🇹🇯Tojikiston hamda yoki 🇰🇬Qirğiziston yoki 🇦🇫Afğoniston.

Bu esa bizning mintaqada futzal qay darajada kuçayganidan isbot böla oladi. JÇda eng avvalo özimizga, şuningdek, qöşnilarimizga ham omad tilaymiz!

❗️Aytgança, ertaga Özbekiston va Tojikiston Osiyo kubogi 3-örinini aniqlaş uçun maydonga tuşadi. Keça tojiklar mezbon Tailandga penaltilar seriyasida mağlub böldi. Ularda ham asosiy öyinda xuddi bizniki kabi hisob 3:3 bölgandi.

Yigitlarimizga omad tilaymiz. Navbatdagi bronza medalini qölga kiritişlariga tilakdoşmiz.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek