Bugun 2 ta muhim öyinlar bor
Bugun 2 ta muhim öyinlar bor.
♟Birinçisi, Butunjahon şaxmat olimpiadasida yigitlarimiz turnir peşqadami 🇮🇳Hindistonga qarşi dona suradi. Bu, şubhasiz, olimpiada finali sifatida baholanmoqda. Agar, Xudo xohlasa, biznikilar yutsa, unda 1-öringa çiqib olamiz. Agar durang bölsa, unda çempion böliş imkoniyatimiz keskin pasayadi. Agar mağlub bölsak, çempionlikdan butunlay umid uzamiz, kuçli uçlikka kirişimiz ham söroq ostida qoladi.
Nodirbek hamda Gukeş bahsi esa, nafaqat terma jamoalar örtasidagi prinsipial bahs, balki yakkalik bahslarida 1-taxta ğolibligi uçun ham juda muhim. Hozir individual bahsda Gukeş 1-örinda, Nodirbek 2-örinda bormoqda.
Qizlarimiz esa keça 🇺🇸AQŞga mağlub bölgandan söng, 25-öringa tuşib ketişdi. Bugun ular 🇷🇸Serbiya bilan bellaşadi. Qolgan turlarda ğalaba qozonsak, kuçli önlikka kirişimiz mumkin, menimça.
Öyinlar soat 18:15 da boşlanadi.
⚽️ Ikkinçi muhim uçraşuv — futzal böyiça jahon çempionati guruh bosqiçining 3-turida 🇺🇿Özbekiston terma jamoasi 🇨🇷Kosta-Rika bilan öynaydi. Agar ğalaba qozonsak, guruh bosqiçidan çiqamiz. Agar durang öynasak, guruhdan çiqişimiz juda qiyin, lekin nazariy imkoniyat bor. Agar mağlub bölsak, biz uçun turnir yakunlanadi.
Öyin soat 20:00 da "Humo Arena" majmuasida boşlanadi.
👉 @xushnudbek 👈


