Özbekistonda öquv yili boşida faoliyat yuritayotgan OTMlarning umumiy soni 222 ta bölgan
🎓 Özbekistonda öquv yili boşida faoliyat yuritayotgan OTMlarning umumiy soni 222 ta bölgan
Töldiriş: 2025-yil 30-may holatiga OTMlar soni 201 tani taşkil etmoqda.
Milliy statistika qömitasi maʼlumotlariga köra, 2024/2025- öquv yilida Özbekistonda faoliyat yuritayotgan oliy taʼlim taşkilotlarining (filiallarni ham hisobga olganda) umumiy soni 222 tani taşkil etdi.
Bu körsatkiç 2015/2016-öquv yiliga nisbatan taqqoslaganda 153 taga yoki 3,2 barobarga ortgan.
Oliy taʼlim taşkilotlari soni yillar kesimida quyidagiça:
— 2015/16- öquv yili boşida – 69 ta;
— 2016/17 boşida – 70 ta;
— 2017/18 boşida – 72 ta;
— 2018/19 boşida – 98 ta;
— 2019/20 boşida – 119 ta;
— 2020/21 boşida – 127 ta;
— 2021/22 boşida – 154 ta;
— 2022/23 boşida – 191 ta;
— 2023/24 boşida – 219 ta;
— 2024/25 boşida – 222 ta.
Aslida bu raqam yanada köproq bölişi mumkin edi, lekin 2 yildan oşiqroq vaqt mobaynida oğzaki topşiriq asosida heç bir qonuniy asossiz nodavlat universitet oçiş uçun norasmiy moratoriy örnatilgani sababli yangi oliygohlar oçilmayapti (faqat ayrim “istisno”lar bilan olingan litsenziyalarni hisobga olmaganda).
👉 @xushnudbek 👈
- 1 Telegram Stars

