Özbekistonda alimentning eng kam miqdori oşirilişi mumkin
💰Özbekistonda alimentning eng kam miqdori oşirilişi mumkin
Senatning bugun bölib ötgan yalpi majlisida bu böyiça Vazirlar Mahkamasiga parlament sörovi yuboriş haqida qaror qabul qilindi.
Unga köra, hozirda alimentning eng kam miqdori minimal isteʼmol xarajatlaridan ikki baravar kamligi qayd etildi.
Oila kodeksining 99-moddasiga köra, har bir bola uçun undiriladigan aliment miqdori mehnatga haq tölaşning eng kam miqdorining (1 mln 155 ming söm) 26,5 foizidan (306 ming söm) kam bölmasligi belgilangan.
Şunga köra, har bir bola uçun undiriladigan aliment miqdori 306 ming sömni taşkil etmoqda.
Joriy yilning yanvar oyidan boşlab minimal isteʼmol xarajatlari 669 ming sömni taşkil etişidan kelib çiqilsa, alimentning eng kam miqdori minimal isteʼmol xarajatlaridan ikki baravar kam bölmoqda.
Şu bois, alimentning eng kam miqdorini bolaning yoşini inobatga olgan holda qayta körib çiqiş va bolaning ixtiyori uçun yetarli bölişi çoralarini köriş taklif etilmoqda.
❗️Maʼlumot uçun, 2023-yilda 5 ming 697 kişi moddiy taʼminlaşdan böyin tovlaganlik uçun maʼmuriy javobgarlikka tortilgan. 2024-yilda esa bu körsatkiç 35 foizga ortib, 8 ming 833 kişiga yetgan. Ötgan yilning özida jinoyat işlari böyiça sudlar tomonidan bu borada 1 ming 109 ta ayblov hukmi çiqarilgan.
- 1 Telegram Stars

