2026-yil 1-sentabrdan zöravonlikdan jabrlangan bolalarga davlat hisobidan yuridik yordam körsatiladi
2026-yil 1-sentabrdan boşlab:
➖ zöravonlikdan jabrlangan bolalarga va zöravonlikka guvoh bölgan bolalarga ular tegişli protsessual xatti-harakatlarga jalb etilgan vaqtdan eʼtiboran davlat hisobidan yuridik yordam körsatiladi;
➖ bolalarga nisbatan ularning qonuniy vakillari yoki boşqa qarindoşlari tomonidan zöravonlik holatlari böyiça işni sudga qadar yuritiş va sud muhokamasi jarayonlaridagi barça protsessual harakatlarni amalga oşirişda vasiylik va homiylik organi vakili majburiy tartibda iştirok etadi;
➖ zöravonlikdan jabrlangan bolalarning dastlabki körsatuvlari majburiy tartibda videoyozuv orqali qayd etiladi;
➖ mulkçilik şaklidan qatʼi nazar taʼlim, soğliqni saqlaş va aholini ijtimoiy himoya qiliş taşkilotlari xodimlari tomonidan bolalarga nisbatan zöravonlik bilan boğliq aniqlangan faktlar haqida xabar bermaganlik uçun maʼmuriy javobgarlik joriy etiladi.
👉 @xushnudbek 👈

