Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal
Diplomatiya

Özbekiston va Indoneziya örtasidagi aviaqatnovlar 2030-yilgaça 4 barobarga oşiriladi

Foto6-avgust, 2025, 11:392 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

✈ Özbekiston va Indoneziya örtasidagi aviaqatnovlar 2030-yilgaça 4 barobarga oşiriladi

Bu böyiça ikki mamlakat hukumatlari örtasida kelişuv imzolandi.

Unga köra, quyidagilar nazarda tutilgan:

🔹 Aviakompaniyalar soniga qöyilgan çeklovlarni bekor qiliş;

🔹 Özbekiston tomonidan tayinlangan aviakompaniyalar uçun Jakarta şahriga qöşimça ravişda Denpasar, Surabaya, Medan, Yogyakarta, Majalengka, Banda Asex, Tanjung Pandan, Lombok şaharlarini parvoz manzili etib belgilaş;

🔹 Indoneziya tomonidan tayinlangan aviakompaniyalar uçun Özbekistonning barça xalqaro aeroportlariga parvoz qiliş huquqini beriş;

🔹 Barça turdagi aviaqatnovlar uçun haftasiga 3 marta etib belgilangan çastotalarni yangi kelişuv asosida har bir tomon aviakompaniyalari uçun 28 taga oşiriş (jami 56 ta), ularning yarmini yölovçi va qolgan yarmini yuk taşiş uçun belgilaş;

🔹 Barça aviakompaniyalar uçun aviaqatnovlarni havo kemasining yölovçi va yuk siğimi böyiça çeklovlarsiz parvozlarni amalga oşirişiga ruxsat beriş va boşqalar.

ℹ️ Maʼlumot uçun, avvalroq 🇲🇾Malayziya va 🇮🇩Indoneziya ziyoratçilari uçun Özbekistonda "Umra plyus" turpaketlari yölga qöyilişi maʼlum qilingan edi.

Bunda uşbu mamlakatlarda yaşovçi 7 milliondan ortiq Naqşbandiya tariqati izdoşlariga Umraga borişdan oldin ziyoratgohlarimizga sayohat qilişga imkoniyat yaratib berilişi rejalaştirilgan.

👉 @xushnudbek 👈

  • 2 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek