Diplomatiya
Özbekiston TIV Ozarbayjon va Armaniston örtasida imzolangan kelişuvni olqişladi
Matn9-avgust, 2025, 17:461 daqiqa0 koʻrish
Javob berilgan xabar: Xushnudbek.uzOzarbayjon va Armaniston AQŞ vositaçiligida tinçlik bitimini imzoladi. Hujjat harbiy harakatlarni töxtatiş va strategik hamkorlikni nazarda tutadi.Özbekiston TIV Ozarbayjon va Armaniston örtasida imzolangan kelişuvni olqişladi
Jumladan, Taşqi işlar vazirligimiz bayonotida şunday deyiladi:
"Kuni keça Vaşingtonda tarixiy Qöşma deklaratsiyaning imzolanişiga Ozarbayjon Respublikasi va Armaniston Respublikasi yetakçilarining kuçli siyosiy irodasi va qatʼiyati, şuningdek, Amerika Qöşma Ştatlari Prezidentining faol tinçlikparvar saʼy-harakatlari tufayli erişildi, deb hisoblaymiz.
Barça tomonlarning köp yillik mojaroni bartaraf etişga qaratilgan saʼy-harakatlarini yuqori baholaymiz. Işonçimiz komilki, Janubiy Kavkazda uzoq muddatli tinçlik va barqarorlikning imkon qadar tezroq örnatilişi keng mintaqamizdagi barça xalqlar manfaati uçun yirik transport va infratuzilmaviy loyihalarni amalga oşirişga zamin yaratadi".



