Özbekiston Fanlar akademiyasida ilmiy işlanmalar soni 3 baravar oşiriladi
❗️Özbekiston Fanlar akademiyasida ilmiy işlanmalar soni 3 baravar oşiriladi
Bu böyiça Prezident qarori qabul qilindi.
Qarorda keltirilgan asosiy yangiliklar:
➖ Fanlar akademiyasida 2030-yilga qadar belgilangan ustuvor yönalişlar böyiça ilmiy tadqiqotlar yölga qöyiladi;
➖ 2030-yilga qadar FA va uning tizim taşkilotlarida yangi ilmiy işlanmalar soni va tijoratlaştirişdan olinadigan mablağlar hajmi 3 baravarga; ilmiy xodimlar tarkibida yoşlar uluşi 60 foizgaça; nufuzli xalqaro ilmiy naşrlarda çop etilgan maqolalar soni 4 baravarga; akademiklar va professorlarning taʼlim jarayonidagi iştiroki 5 baravarga; xalqaro hamkorlikda amalga oşirilgan ilmiy tadqiqotlar soni 3 baravarga oşiriladi;
➖ Xorijdagi ilmiy diaspora Özbekiston ilm-faniga reintegratsiya qilinib, FA ilmiy muassasalarini raqobat tamoyili asosida moliyalaştiriş tizimiga ötadi, yoşlarning akademik fanlarda iştirokini kuçaytiriş uçun ularni rağbatlantiriş tizimini yaratiladi;
➖ Fan va sanoat integratsiyasi kengaşi taşkil etiladi va uning tarkibi Prezident Administratsiyasi rahbari tomonidan tasdiqlanadi;
➖ Fanlar akademiyasi boşqaruv apparati xodimlarining umumiy çeklangan soni 50 nafar etib belgilandi;
➖ Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Ilğor texnologiyalar markazi hamda Innovatsion rivojlaniş agentligining Xalqaro molekulyar allergologiya markazi Fanlar akademiyasi tizimiga ötkaziladi;
➖ Namangan, Samarqand va Termiz şaharlarida Fanlar akademiyasining hududiy bölimlari oçiladi. Xalqaro ilm-fan kengaşining Markaziy Osiyo mintaqaviy ofisi taşkil etiladi;
➖ Fanlar akademiyasi jamğarmasi taşkil etiladi va davlat byudjetidan har yili 80 milliard söm miqdoridagi mablağ ajratiladi.
👉 @xushnudbek 👈
- 3 Telegram Stars


