Diplomatiya

Özbekiston BMTning muhim tuzilmasiga aʼzo böldi

Matn20-aprel, 2026, 18:291 daqiqa0 koʻrish

🇺🇿🇺🇳Özbekiston BMTning muhim tuzilmasiga aʼzo böldi

Özbekiston öz tarixida ilk bor BMTning Jinoyatçilikning oldini oliş va jinoiy odil sudlov masalalari böyiça komissiyasiga 2027-2029-yillar uçun aʼzo etib saylandi. Saylovlar Nyu-York şahrida, BMT Iqtisodiy va ijtimoiy kengaşining (ECOSOC) sessiyasi doirasida bölib ötdi.

Uç yillik aʼzolik davri 2027-yil 1-yanvardan boşlanadi va Özbekiston uçun quyidagi imkoniyatlarni taqdim etadi:

▪️ jinoyatçilikning oldini oliş böyiça xalqaro norma va standartlarni işlab çiqişda faol iştirok etiş;
▪️ huquq ustuvorligini taʼminlaş va inson huquqlarini himoya qilişda masʼuliyatli hamkor sifatidagi nufuzni mustahkamlaş;
▪️ BMT tuzilmalari va yetakçi xorijiy hamkorlar bilan amaliy munosabatlarni kengaytiriş;
▪️ milliy odil sudlov tizimini modernizatsiya qiliş uçun xalqaro ekspertlik va texnik kömakni jalb qiliş.

ℹ️ Maʼlumot uçun, 1992-yilda Venada taşkil etilgan uşbu komissiya jinoyatçilikka qarşi kuraşiş va qonun ustuvorligini mustahkamlaş böyiça global siyosatni belgilovçi asosiy organ hisoblanadi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek