Özbek-Fransuz universiteti taşkil etildi
🏢 Özbek-Fransuz universiteti taşkil etildi
Bu böyiça Prezident qarori qabul qilindi.
📝 Unga köra, universitet öz faoliyatini Özbekiston qonunçiligi talablari hamda Fransiya universitetlari konsorsiumi tavsiyalari asosida amalga oşiradi.
👨🎓 Universitetda muhandislik, aniq va tabiiy fanlar, fransuz tili va adabiyoti, bioinformatika, transport xizmatlari, qayta tiklanuvçi energetika sohalari uçun dastlabki bosqiçda magistratura, keyinçalik bosqiçma-bosqiç bakalavriat va doktoranturada kadrlar tayyorlaş yölga qöyiladi.
📃 Şuningdek, universitetga kiriş uçun tayyorlov kursi joriy etiladi.
🗓️ 2026/2027-öquv yilidan boşlab tayyorlov kursi va magistraturaga talabalar qabuli taşkil etiladi.
💰Taʼlim jarayoni maqsadli davlat granti va tölov-kontrakt asosida amalga oşiriladi.
📙 Bitiruvçilarga universitet diplomi va (yoki) Fransiyada akkreditatsiyadan ötgan taʼlim dasturlari böyiça konsorsium tarkibiga kirgan tegişli Fransiya universitetining diplomi beriladi.
👉 @xushnudbek 👈
- 1 Telegram Stars



