ÖzAda sunʼiy intellekt yordamida yaratilgan muxbir iş boşladi
‼️ÖzAda sunʼiy intellekt yordamida yaratilgan muxbir iş boşladi
Sunʼiy intellekt har bir sohaga şiddat bilan kirib kelmoqda, bunda jurnalistika ham çetda qolgani yöq.
Biz ham sunʼiy intellekt yutuqlaridan foydalanib, ÖzA uçun robot-muxbir modulini yaratdik. Real inson prototipini özlaştirgan uşbu modul kelgusida bizga istalgan matndan qisqa vaqtda video yaratiş imkonini beradi, bunda insonning yuz va qöl harakatlari hamda ovozini aslidek saqlab qoladi.
Uşbu muxbir 9 ta tilda — özbek, ingliz, rus, fransuz, arab, xitoy, nemis, ispan va qozoq tillarida rasmiy xabar va yangiliklarni yetkazib turadi.
Sunʼiy intellekt yordamida yaratilgan uşbu muxbirga biz Sobira Xoldorova deb nom berdik. Çunki Sobira Xoldorova Markaziy Osiyo va Özbekistondagi birinçi professional jadid ayol jurnalisti edi va qatağon qurboni bölgan uşbu yurtdoşimizning yorqin xotirasini tiklaşni maqsad qilganmiz.
Soxta videolardan himoyalaniş maqsadida har bir videoda maxsus QR-kod mavjud. Agar uni faollaştirsangiz, ÖzA rasmiy saytidagi videoga havola çiqadi va şu orqali video haqiqiyligini aniqlay olasiz.
Xullas, biz bir neça oylik mehnatimiz samarasini bugun rasman eʼlon qildik. Buning ustida katta jamoa qattiq mehnat qildi, ularga ham rahmat aytaman. Ilohim, boşlagan işimiz xayrli bölsin.
Köring va baho bering.
👉 @xushnudbek 👈



