Davlat xizmatlari sohasida sunʼiy intellekt imkoniyatlari joriy etiladi
Davlat xizmatlari sohasida sunʼiy intellekt imkoniyatlari joriy etiladi
Bu haqda bugun, 17-dekabr kuni AOKAda bölib ötgan matbuot anjumanida adliya vaziri örinbosari Xudoyor Meliyev maʼlum qildi.
📜 Unga köra, kelgusida arxiv hujjatlarining matnini tanib oliş va maʼlumotlarni axborot tizimiga kiritiş jarayonlarini avtomatlaştiriş imkonini beruvçi sunʼiy intellektga asoslangan yeçimlar işlab çiqiladi.
Bundan taşqari DXM xodimlarining iş sifatini yaxşilaş, KPI belgilaş, navbatlarni tartibga soliş borasida ham sunʼiy intellektdan foydalaniş haqida öylanmoqda.
Şuningdek, quyidagi tizimlarda axborot va maslahat xizmatlarini sunʼiy intellekt yordamida körsatiş (Komil AI bot) yölga qöyiladi:
🔹Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali;
🔹“Litsenziya” axborot tizimi;
🔹Tadbirkorlik subyektlarini davlat röyxatidan ötkaziş va hisobga qöyişning avtomatlaştirilgan tizimi;
🔹“Yagona darça” bojxona axborot tizimi.
👉 @xushnudbek 👈



