Ötgan haftada (saylov kuni) «Zakovat» klubi tomonidan yana bir katta turnir ötkazilgan edi
Ötgan haftada (saylov kuni) “Zakovat” klubi tomonidan yana bir katta turnir ötkazilgan edi.
Unda örta maxsus va professional taʼlim muassasalari öquvçilari örtasidagi “Zakovat” turnirining respublika bosqiçida ğoliblar aniqlandi!
Quyidagi jamoalar ğoliblikni qölga kiritdi:
🥇1-örin - Farğona davlat universiteti akademik litseyi jamoasi;
🥈2-örin - Qarşi muhandislik-iqtisodiyot instituti akademik litseyi jamoasi;
🥉3-örin - DXX Çegara qöşinlari “Yoş çegaraçilar” harbiy-akademik litseyi.
Mazkur öquvçilarning har biriga bir öquv yili davomida har oy “Zakovat” stipendiyasi tölab boriladi.
Şuningdek, uşbu jamoalar aʼzolari oliy taʼlim muassasalariga bazaviy tölov-kontrakt asosida imtihon sinovlarisiz qabul qilinadi.
👉 @xushnudbek 👈
- 54 Telegram Stars


