Toşkentdagi Çorsu maydoni yangi qiyofa kasb etadi
Toşkentdagi Çorsu maydoni yangi qiyofa kasb etadi
2-noyabr kuni Toşkentda bölib ötgan matbuot anjumanida Çorsu maydonini rekonstruksiya qiliş loyihasi taqdim etildi. Germaniyaning Tçoban Voss Arçitekten kompaniyasi tomonidan işlab çiqilgan loyiha doirasida yangi mehmonxona, biznes-markaz va turar joylar barpo etiladi. Bu loyihada 2025-yildan quriliş işlari boşlanib, 2029-yilgaça yakunlanişi rejalaştirilgan bölib, umumiy qiymati 170 million AQŞ dollaridan oşadi.
Rekonstruksiya jarayonida 1982-yilda qurilgan va uzoq vaqt taşlandiq bölib qolgan “Çorsu” mehmonxonasi binosi buziladi. 2024-yilning texnik ekspertizasiga köra, binoning temir-beton konstruksiyalari jiddiy şikastlangan va rekonstruksiya qilişga yaroqsiz deb topilgan.
👉 @xushnudbek 👈

