Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal
Fikr

Otabek Bakirov tölov-kontrakt narxlarini özgartirmaslik haqidagi qaror böyiça xavotir bildirdi

Matn6-sentabr, 2023, 19:071 daqiqa0 koʻrish

Iqtisodçi Otabek Bakirov tölov-kontrakt narxlarini özgartirmaslik haqidagi qaror töğrisida öz xavotirlarini bildirmoqda. Jumladan, u şunday deydi:

"Narxlarni uzoq vaqt sunʼiy ravişda özgartirmay uşlab turiş, bu elektr yo gaz böladimi, oliy taʼlimda kontrakt böladimi yo aytaylik, bu kartoşka bölsa ham, masala yeçimini va öşa tovar-xizmatni siyosiylaştiradi. Keyingi har bir qadamni qöyişning ijtimoiy narxi oşib boraveradi, oqibatlar qimmatlaşaveradi. Yaʼni ezgu maqsad yölida qopqonga tuşiladi.

Biz oliy taʼlimda kontrakt narxlari böyiça şuning çegarasida turipmiz. Ertaga narxlarni hatto tannarx darajasiga olib çiqiş uçun ham siyosiy qaror qabul qilişga töğri kelib qoladi. Yoki bölmasam subsidiyalanadigan, byudjetga qöşimça yuklama böladigan yana bir segmentni qabul qilib olamiz.

Hammasini kötara olamizmi?", — deya savol qöygan Otabek Bakirov.

Şuningdek, iqtisodçi oddiy kontraktlar narxi oşirilmayotgani hisobiga xarajatlarni qoplaş uçun universitetlar superkontrakt va super-superkontraktlar orqali talaba yiğişga moyilligi ortib borayotganini taʼkidlagan.

Eslatib ötamiz, 3 yildan buyon davlat oliy taʼlim muassasalarida tölov-kontrakt miqdorlari oşirilmaydi. Hattoki qoğozda moliyaviy mustaqillik berilgan 35 ta OTMlarda ham kontraktni oşirişga ruxsat berilmayapti.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek

Shu postdan oldin

  1. Stipendiyali kontrakt qanaqa böladi?

    0 koʻrish1 daqiqa

  2. Ozodalik uçun kuraş

    0 koʻrish2 daqiqa

Yana oʻqing