Ombudsman jazo muddatini ötayotgan Mubaşşir Ahmadning ahvolini örgandi
Ombudsman jazo muddatini ötayotgan Mubaşşir Ahmadning ahvolini örgandi
Oliy Majlisning Inson huquqlari böyiça vakili (ombudsman)ning vakili Navoiy viloyatidagi 5-sonli jazoni ijro etiş koloniyasida bölib, Mubaşşir Ahmad bilan holi tarzda suhbatlaşdi va uning soğligiga oid tibbiy hujjatlar bilan tanişdi.
Maʼlum qilinişiça, Mubaşşir Ahmad muassasada tibbiy yordam körsatilişidan şikoyati yöqligini, faqatgina avvaldan mavjud bölgan kasalliklari tufayli soğligida biroz özgarişlar borligi va şu sababli tegişli tibbiy yordam olayotganini bildirgan.
U öz xohişiga köra oşxona işlariga jalb etilgani, iş şaroiti mehnatni muhofaza qiliş qoidalariga muvofiq ekanini aytgan. Oziq-ovqat taʼminoti va yaşaş şaroiti böyiça ham şikoyat bildirmagan.
Avvalroq Mubaşşir Ahmadning soğligi yomonlaşgani haqida material eʼlon qilingan edi. Unda advokati Mubaşşir Ahmad qandli diabet II turi bilan kuraşib kelayotgani, şunga qaramay koloniyada unga “zaruriy muolaja va dori-darmonlar taqdim etilmaganini” aytgan.
Şuningdek, mahkum “ahvoli yomonlaşganiga qaramay, Qiziltepa tumanidagi ğişt zavodida 16 soatlab işlatilayotgani” taʼkidlangan edi.
- 10 Telegram Stars



