Oksford universiteti talabalari özbek tilini örganiş uçun Özbekistonga keldi
Javob berilgan xabar: Xushnudbek.uzSaida Mirziyoyeva Oksford universitetida özbek tili öqitilişi yölga qöyilganini maʼlum qildi va Bodlian kutubxonasi bilan tanişdi.Oksford universiteti talabalari özbek tilini örganiş uçun Özbekistonga keldi
2025-yil oktyabrida Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva taşabbusi bilan Oksford universitetida özbek va eski özbek tillarini örganiş yölga qöyilgandi. Mazkur dastur doirasida Oksford talabalari va tadqiqotçilari uçun Özbekistonda yozgi maktab boşlandi.
Taʼkidlanişiça, endi ular 1 oy davomida özbek tilini jonli muloqot muhitida örganadi.
“Talaba yoşlarga öqişlarida muvaffaqiyatlar, tilimizning boyligi va maʼno jozibasini kaşf etişlarida yangi taassurotlar tilayman”, — deya yozdi Saida Mirziyoyeva.
23-sentyabrgaça davom etadigan yozgi maktabda talabalar özbek tilini tabiiy muhitda örganiş bilan birga Çiğatoy tili, xattotlik, tasavvuf, jadidçilik, Markaziy Osiyo tarixi va madaniyatiga oid maşğulotlarda iştirok etadi. Şuningdek, ular uçun Samarqand va Buxoroga maʼrifiy safarlar uyuştiriladi.
👉 @xushnudbek 👈
- 7 Telegram Stars


