Nukus voqealaridagi noqonuniy harakatlari uçun içki işlar organlarining ayrim xodimlariga hukm öqildi
Nukus voqealaridagi noqonuniy harakatlari uçun içki işlar organlarining ayrim xodimlariga hukm öqildi
Qoraqalpoğiston Respublikasida ötgan yildagi ommaviy tartibsizliklarni bartaraf etişda noqonuniy xatti-harakatlarni sodir etgan Içki işlar vazirligi tizimida işlagan xodimlar jinoiy javobgarlikka tortildi.
Jinoyat işlari böyiça Kogon şahar sudining hukmi bilan 1996 yilda tuğilgan T. A. va 1985 yilda tuğilgan X. S. Jinoyat kodeksining 235-moddasi (qiynoqqa soliş va boşqa şafqatsiz, ğayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvçi muomala hamda jazo turlarini qöllaş) 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilganlikda aybli deb topilib, ularning har biriga 2 yil muddatga içki işlar organlarida işlaş huquqidan mahrum qilgan holda 7 yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlandi.
Şuningdek, 1979-yilda tuğilgan J. M. Jinoyat kodeksining 117-moddasi (xavf ostida qoldiriş) 2-qismi va 238-moddasi (yolğon guvohlik beriş) 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir qilganlikda aybli deb topilib, unga 1 yil muddatga içki işlar organlarida işlaş huquqidan mahrum qilgan holda 3 yil ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlandi.
👉 @xushnudbek 👈
