Nodirbek Yakubboyev Jahon kubogining yarim finaliga çiqdi!
Nodirbek Yakubboyev Jahon kubogining yarim finaliga çiqdi!
🔹 futbol böyiça U-17 terma jamoamiz Jahon çempionatidagi iştirokini nimçorak finalda yakunladi. Italiyadan 3:2 hisobida yutqazgan bölsak ham, lekin yigitlar zör öynadi. Ozgina omad yetişmadi, xolos.
Yigitlarimizga katta rahmat! Jamoa kelajagi porloq bölsin, yöqolib ketişmasin, degan umiddamiz.
🔹Lekin şaxmatçimiz Nodirbek Yakubboyev futbolçilarimiz mağlubiyatini yuvib ketadigan ğalabaga erişdi. Hamyurtimiz çorak finalda germaniyalik grossmeyster Aleksandr Donçenko ustidan 1,5:0,5 hisobida mağlub etdi va yarim finalga çiqqan ilk şaxmatçi böldi.
Şuningdek, Yakubboyevning onlayn jadvaldagi reytingi ilk marta 2700 dan oşdi va u bunday natija körsatgan törtinçi özbekistonlik grossmeyster böldi. Dastlab Rustam Qosimjonov, söng Nodirbek Abdusattorov, keyinroq Javohir Sindorov 2700 dan oşgan edi.
Yana bir yurtdoşimiz Javohir Sindorov ham çorak finalda qatnaşmoqda. U Xose Martinez bilan ikkita bahsda ham durang öynadi. Endi ğolib ertaga tay-brek bahslarida qatnaşadi. Agar Javohir ğolib bölsa, yarim finalda Nodirbek bilan özaro töqnaş keladi.
Eslatib ötamiz, uşbu musobaqada dastlabki 3 ta örinni egallagan şaxmatçilar jahon şaxmat toji uçun kuraşiş huquqini beradigan Nomzodlar turniriga yöllanmani qölga kiritadi.
👉 @xushnudbek 👈
- 3 Telegram Stars
