Özbek şaxmatida tarixiy kun!!!!
❗️Özbek şaxmatida tarixiy kun!!!!
Hozirgina Javohir Sindorov tay-brekda Xose Martinezni mağlub etib, Jahon kubogining yarim finaliga çiqdi!!!
Bu degani ikki nafar özbek şaxmatçisi — Nodirbek Yakubboyev hamda Javohir Sindorov yarim finalda özaro bahs olib boradi!
Bu degani Jahon kubogi finalida 100% bir nafar özbek şaxmatçisi öynaydi, degani.
❗️VA ENG ASOSIYSI!!! Jahon şaxmat toji uçun yöllanma beradigan Nomzodlar turnirida kamida bir nafar özbek şaxmatçisi 100% iştirok etadi degani! Bunaqasi özbek şaxmati tarixida ilk marta bölmoqda!
Sababi Jahon kubogida dastlabki uçta örinni egallagan şaxmatçi Nomzodlar turniriga yöllanma oladi. Hozir 4 nafar yarim finalçining 2 nafari özbeklar!
🇺🇿🇺🇿🇺🇿Barakalla! Yaşavor, özbek öğlonlari!!!💪💪💪
Xudo xohlasa, katta umidimiz, Nodirbek ham, Javohir ham Nomzodlar turniriga yöllanma oladi! Sababi yarim finalda yutqazganlar 3-örin uçun bahsda yana kuç sinaşadi va unda ğalaba qozongan şaxmatçi ham Nomzodlar turnirida öynaydi. Demak, ikkala şaxmatçimizda ham uşbu nufuzli turnirga çiqiş imkoniyati mavjud!
👉 @xushnudbek 👈
- 15 Telegram Stars
