Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal
Sport

Nodirbek Abdusattorov The Aimçess Rapid-2023 onlayn turnirining yarim finalda Magnus Karlsenga mağlub böldi

Albom13-iyul, 2023, 10:469 daqiqa0 koʻrish

🇺🇿Nodirbek Abdusattorov The Aimçess Rapid-2023 onlayn turnirining yarim finalda 🇳🇴Magnus Karlsenga mağlub böldi. 3 ta partiyadan keyingi hisob — 2,5:0,5

Tan oliş kerak, uşbu turnirda Magnus Karlsen oldidan kim çiqsa, qaqşatqiç tor-mor qilmoqda. U Van Forest böladimi, Karuana böladimi, farqi yöq.

Lekin Nodirbek Karlsenga qarşi yomon öynamadi. Faqat birozgina tajriba yetişmadi, klas baribir öz sözini aytyapti.

Masalan, 3-partiyada Nodirbek ğalabaga juda yaqin edi. Ammo vaqti kam qolgani uçun tez yurişga majbur böldi va bittagina xato yuriş hammasini hal qildi. Tomonlar durangga rozi bölişdi. Nodirbek bundan qanday kulib afsuslangani, Magnus esa mağlubiyatdan qutilib qolib, xayriyat deyayotganini 2-videoda körişingiz mumkin. Şarhlovçilar ham dod devorişdi.

Yoki 2-partiyada ham Nodirbek durang qayd etişi mumkin edi. U ruhni qurbon qilib, öta çiroyli kombinatsiya bilan oğir vaziyatdan çiqib keta oldi. Durangli holatga çiqdi. Lekin yana öşa bittagina xato yuriş hamda vaqt kamligi yakunda mağlubiyatga olib keldi. Jarayonni 3-videoda körişingiz mumkin.

Ammo haqiqatdan 2-partiya eng çiroylisi böldi, menimça. Ikkala grossmeyster ham ajoyib kombinatsiyalar bilan dona surişdi.

Şunday qilib, Magnus Karlsen turnirning grand finaliga çiqdi. Nodirbekda esa hali çempion böliş uçun imkoniyat saqlanib qolmoqda. U dastlab mağlub bölganlar içidan eng yaxşisi bilan kuç sinaşadi. Agar ğalaba qozona olsa, Magnus Karlsendan revanş oliş uçun yana qaytadi. 1-rasmda turnir setkasi körsatilgan.

Hamyurtimizga omad tilaymiz.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek