Nodavlat boğça va maktablar 2030-yilgaça soliqlardan ozod etiladi
❗️Nodavlat boğça va maktablar 2030-yilgaça soliqlardan ozod etiladi
Bu böyiça Prezident qarori qabul qilindi.
Unga köra, 2030-yil 1-yanvarga qadar nodavlat boğça va maktablar barça turdagi soliq (bundan ijtimoiy soliq mustasno) va yiğimlardan ozod qilinadi, ularda işlayotgan çet ellik öqituvçi va mutaxassislar esa daromad soliği va ijtimoiy soliq tölamaydi.
⬇️ 2025-yil 1-yanvardan boşlab:
➖ nodavlat taʼlim taşkilotlariga doimiy jalb etiladigan xorijiy pedagog mutaxassislarga “A-2” öqituvçilar kiriş vizalarini beriş yölga qöyiladi;
➖davlat va nodavlat taʼlim taşkilotlari tomonidan xorijdan jalb qilingan mutaxassislarga mehnat qiliş huquqini beruvçi tasdiqnoma beriş yiğim miqdori BHMning 30 baravaridan 1 baravarigaça kamaytiriladi.
🖥 Şuningdek, 2030-yil 1-yanvarga qadar nodavlat maktabgaça va maktab taşkilotlarining Özbekistonda işlab çiqarilmaydigan quyidagi tovar jihozlariga bojxona tölovlari tölanmaydi (bojxona rasmiylaştiruvi uçun yiğimlar bundan mustasno):
🔹zamonaviy öquv va laboratoriya uskunalari;
🔹kompyuter texnikasi va dasturiy mahsulotlar;
🔹öquv va ilmiy-metodik adabiyotlar, anjomlar va moddiy-texnik resurslar.
👉 @xushnudbek 👈
- 6 Telegram Stars

