Nega hujjat topşiriş çoğida Diplomatiya universiteti röyxatda çiqmayapti?
❓Nega hujjat topşiriş çoğida Diplomatiya universiteti röyxatda çiqmayapti?
#abituriyent
✅ JAVOB: Çunki Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida testdan oldingi birlamçi imtihon ham böladi. Yaʼni birlamçi imtihondan öta olmaganlar, testga kiritilmaydi.
Şu sababli hozirça my.uzbmb.uz saytidan JIDUni tanlaş imkoni yöq.
Unda qayerdan hujjat topşirsak böladi?
JIDUda öqiş niyatida bölgan abituriyentlar https://admission.uwed.uz manzilida onlayn ariza töldirişadi.
Arizalar 2023-yil 5-iyulgaça qabul qilinadi.
❗️JIDU dastlabki imtihonidan öta olmagan abituriyentlar bemalol keyinçalik boşqa 5 ta yönalişni tanlaşlari mumkin böladi.
Dastlabki imtihon 1-iyuldan 6-iyulgaça bölgan muddatlarda abituriyentlarning xohişiga köra, onlayn yoki offlayn şaklda ötkaziladi.
JIDU yönalişlari va test ötadigan mutaxassislik fanlar majmuasi röyxati:
1) Xalqaro munosabatlar
Tarix (3,1 ball)
Çet tili (2,1 ball)
2) Siyosatşunoslik
Tarix (3,1 ball)
Çet tili (2,1 ball)
3) Xalqaro iqtisodiyot va menejment
Matematika (3,1 ball)
Çet tili (2,1 ball)
4) Yurisprudensiya (xalqaro huquqiy faoliyat)
Huquqşunoslik (3,1 ball)
Çet tili (2,1 ball)
👉 @xushnudbek 👈

