Tushuntirish

Navröz bayramida barça özbekistonliklar ketma-ket 5 kun dam oladimi?

Matn7-mart, 2023, 16:311 daqiqa0 koʻrish

❓Navröz bayramida barça özbekistonliklar ketma-ket 5 kun dam oladimi?

✅ JAVOB: Yöq, barça emas. Faqat 5 kunlik iş haftasidagilar ketma-ket 5 kun dam olişadi. Haftasiga 6 kun işlaydiganlarga esa ketma-ket 4 kun dam oliş kuni böladi.

❗️Izoh:
“2023-yilda rasmiy sanalarni nişonlaş davrida qöşimça işlanmaydigan kunlarni belgilaş va dam oliş kunlarini köçiriş töğrisida”gi Prezident farmoniga asosan, Navröz bayrami munosabati bilan:

➖ 5 kunlik iş haftasida işlaydigan xodimlar 5 kun;
➖ 6 kunlik iş haftasida işlaydigan xodimlar 4 kun dam olişadi.

✅ Bunda quyidagiça böladi:
➖ 18-mart, şanba — 5 kunliklarga dam oliş, 6 kunliklarga iş kuni;
➖ 19-mart, yakşanba — barça uçun dam oliş kuni;
➖ 20-mart, duşanba — 5 kunliklar uçun 11-mart şanbadan köçirilgan dam oliş kuni, 6 kunliklarga qöşimça dam oliş kuni;
➖ 21-mart, seşanba - Navröz bayrami, barçaga dam oliş kuni;
➖ 22-mart, çorşanba — 5 kunliklar uçun 25-mart şanbadan köçirilgan dam oliş kuni, 6 kunliklarga qöşimça dam oliş kuni.

❗️ 23-mart, payşanba — barça uçun iş kuni.

5 kunlik iş haftasida işlaydigan xodimlarning dam oliş kunlari farmonga muvofiq köçirilişi munosabati bilan 11- va 25-mart (şanba) kunlari işga çiqadilar.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek