Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal
Tushuntirish

Minus uç. Qabul boşlanganiga uç kun böldi, kvotalar haligaça eʼlon qilinmadi

Matn23-iyun, 2023, 09:012 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Minus uç. Qabul boşlanganiga uç kun böldi, kvotalar haligaça eʼlon qilinmadi
#abituriyent

20-iyundan qabul jarayonlariga start berildi. Abituriyentlar doimgidek beştagaça yönalişni tanlaşlari mumkin (ijodiy imtihoni bor yönalişlarda faqat bitta tanlanadi).

Ammo haligaça quyidagi kvotalar eʼlon qilinmadi:

1) davlat granti böyiça tillar kesimida kvota;
2) tölov-kontrakt kvotalari (na umumiy, na tillar kesimida);
3) maqsadli qabul, turli toifadagi imtiyozlar (masalan, nogironlar, harbiylarning farzandlari, harbiy tavsiyanomaga egalar va h.k.) uçun ajratilgan kvotalar.

Aslida qonunçilikka köra, uşbu maʼlumotlar 20-iyungaça eʼlon qilinişi kerak edi. Uç kunga keçikmoqda. Faqat uç kunga bölsa mayli edi-ya...

Eslatib ötaman, ötgan yili bundan ham battar bölgandi. Aniqroği yaqin ön yillikdagi eng rasvolaridan biri bölgandi.

Ötgan yili 15-iyunda qabul boşlanişi kerak edi. Umumiy kvotalar ham 15-iyunda tasdiqlangan va qabul boşlaniş kuni 20-iyunga surilgan.

Ammo tillar kesimidagi kvotalar 27-iyunda, yaʼni umumiy kvotalar tasdiqlangandan 12 kun ötib tasdiqlangandi. 1 hafta davomida çala qabul bölgan, yaʼni röyxatdan ötiş oçiq ediyu, lekin yönaliş tanlay olişmasdi. Töğri, keyinroq qabulni ham 1 haftaga uzaytirişgan va keçikkan kunlarni kompensatsiya qilişgandi.

Joriy yilda garçi kvotalar hali eʼlon qilinmagan bölsa-da, yönaliş tanlaş imkoni oçildi, bu har holda ötgan yilgidan yaxşiroq. Va şu sababli ham bu yil qabul muddati uzaytirilmasa kerak.

Köramiz, joriy yildagi tölaqonli kvotalar qaçon eʼlon qilinar ekan.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek