Qabul boşlanişiga 3 kun qoldi, kvotalar hali eʼlon qilinmadi
❗️Qabul boşlanişiga 3 kun qoldi, kvotalar hali eʼlon qilinmadi
#abituriyent
OTMlarga hujjat topşiriş 20-iyundan boşlanişi kerak. Lekin hozirça kvotalar eʼlon qilingani yöq.
Menga qiziq tomoni, joriy yilda ilk marta kontrakt kvotalarini OTMlarning özi eʼlon qiladi, Prezident tasdiqlamaydi. Prezident qarori bilan faqat davlat byudjeti doirasidagi kvotalar tasdiqlanadi.
Unda nega şu paytgaça heç bölmasa kontrakt kvotalari oçiqlanmayapti? Yoki har doimgidek bu ham çala mustaqillik körinişidagi tartibmi? Yaʼni qoğozda OTMlar mustaqil özi eʼlon qiladi, amalda esa toki yuqoridan ruxsat berilmagunça birortasi kvotani özi tasdiqlay olmaydi.
Qaçon oliy taʼlimga haqiqiy mustaqillik kirib keladi? Qaçon bemalolroq işlaş boşlanadi?
Maʼlumot uçun: Prezident qarori bilan davlat byudjeti parametrlari tasdiqlangandan keyin Davlat qabul komissiyasi tillar kesimida kvotani qayta taqsimlaşi kerak böladi. Bunga ham kamida 2-3 kun vaqt ketadi. 20-iyungaça ulgurilarmikin, köramiz.
👉 @xushnudbek 👈

