Milliy kutubxona ortidagi maydonda avtoturargoh loyihasi böyiça ekologik ekspertiza yöq — Ekoqömita
❗️Milliy kutubxona ortidagi 1,3 gektar maydonda avtoturargoh taşkil etiş loyihasi böyiça ekologik ekspertiza mavjud emas — Ekoqömita
Mazkur yer uçastkasi (Alişer Navoiy nomidagi Milliy kutubxonaning ortidagi 1,3 gektar hudud)ni elektron auksionga çiqariş hamda obyektdan 10 yil muddatga foydalaniş huquqini xususiy şerikka beriş rejalaştirilayotgani haqida xabar berilgan edi.
Bunga dastlab Urbanizatsiya qömitasi munosabat bildirib, şahar markazidagi mavjud yaşil hududlarni kamayişi, aholining sayr qilişi va dam olişi uçun qulay jamoat joylari örnida konstruktiv qurilişlar bölişi mutlaqo maqsadga muvofiq emasligini maʼlum qildi.
Şuningdek, sotuvga çiqarilgani aytilayotgan “Navröz” boğiga tegişli obyektlardan birining yer maydonida Hukumat qarori bilan jamoat parki taşkil etiş nazarda tutilgani va uşbu qaror ijrosi taʼminlanişi kerakligi taʼkidlandi.
Ekologiya qömitasi esa mazkur loyiha böyiça hozirça ekologik ekspertiza xulosasi mavjud emasligini bildirdi.
“Şu sababli hududda har qanday quriliş va obodonlaştiriş işlari, jumladan daraxt va butalarga, yaşil maydonlarga hamda tuproq qoplamiga taʼsir körsatişi mumkin bölgan işlar tegişli ekologik baholaşdan ötkazilmasdan amalga oşirilişi mumkin emas”, - deyiladi qömita rasmiy munosabatida.
👉 @xushnudbek 👈



