Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

Metallurgiya sohasini rivojlantirişning törtta asosiy yönalişlari maʼlum qilindi

Matn12-avgust, 2022, 13:391 daqiqa0 koʻrish
Javob berilgan xabar: Xushnudbek.uzPrezident Bekobod metallurgiya kombinatida xodimlar va tadbirkorlar bilan uçraşdi. Sohada işlab çiqariş 2017-yildan buyon 4 baravarga oşgan.

Metallurgiya sohasini rivojlantirişning törtta asosiy yönalişlari maʼlum qilindi

Bekobod metallurgiya kombinatida bölib ötayotgan yiğilişda Şavkat Mirziyoyev metallurgiya sohasini rivojlantirişning 4 ta asosiy yönalişini sanab ötdi:

Birinçidan, metall işlab çiqaruvçi korxonalarni xom-aşyo bilan kafolatli taʼminlaş. Afsuski biz uzoq yillar faqat "metallo-lom"ga boğlanib qoldik. Hozirda "metallo-lom"ga boğlangan 130 ta korxona past quvvat bilan işlayapti, 56 tasi esa faoliyatini töxtatgan. Bunday korxonalarni boşqa xom-aşyolar bilan işlaşga moslaştiriş kerak;

Ikkinçidan, metallo-prokat va temir list böyiça talabni qondiriş uçun barça viloyatlarda metall işlab çiqarişga ixtisoslaşgan zamonaviy korxonalar faoliyatini yölga qöyiş kerak.

Uçinçidan, yuqori qöşilgan qiymat yaratuvçi tarmoqlar, masalan, avtomobilsozlik va maşinasozlik, energetika sanoati uçun mahsulotlar işlab çiqarişga katta ustuvorlik beriş kerak. Masalan, yaqin kelajakda energetika sohasida 10 ming megaVatt quvvat işlab çiqarişni reja qilganmiz. 1 megaVatt quvvatga teng quyoş elektr stansiyasi quriş uçun 45 tonna metall, şamol elektr stansiyasi quriş uçun 120 tonna metall kerak. Xulosa qilganda, birgina şu sohaning özi uçun kamida 800 ming tonna metall kerak böladi.

Törtinçidan, sohani rivojlantiriş uçun ilm kerak, innovatsiya kerak. Sohani rivojlantiriş, yuqori qiymatli mahsulotlar işlab çiqariş uçun katta bilimga ega geologlar, toğ-kon sohasi muhandislari, kimyogar va texnologlar, materialşunoslar, IT va logistika kabi köplab yönalişlar böyiça mutaxassislar kerak böladi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek