«Mening maktabim» doirasida loyiha kiritiş bosqiçi boşlandi
❗️“Mening maktabim” doirasida loyiha kiritiş bosqiçi boşlandi
“Mening maktabim” loyihasida 5-sinfdan 11-sinfgaça bölgan har bir öquvçi özi taʼlim olayotgan umumtaʼlim maktabiga doir loyihalarni ilgari surişadi hamda uşbu loyihalarga ovoz berişadi.
🗳 Öquvçilar quyidagi usullardan foydalangan holda öz loyihalarini ilgari surişlari mumkin:
1⃣ avtomatik tarzda — loyiha namunalari orasidan öziga yoqqan loyihani tanlaş orqali (şablon loyihalar röyxati – bu yerda);
2⃣ mustaqil ravişda — taqdim etilgan loyiha namunalari orasida mavjud bölmagan loyihalarni yangidan şakllantiriş orqali.
📋 Loyihaning 1-bosqiçi doirasida 1, 2 va 4-toifaga kiritilgan 112 ta tumandagi 4 ming 987 ta maktab iştirok etadi. Mazkur bosqiçda iştirok etayotgan 112 ta tuman röyxati – bu yerda.
🗓 Loyiha kiritiş bosqiçi “Oçiq byudjet” portalida 31-oktyabrgaça davom etadi. Kiritilgan loyihalar 10-noyabrga qadar saralanib, 11-20-noyabr kunlari ovoz beriş bosqiçi bölib ötadi. Bu mavsumda iştirok etmayotgan qolgan maktablar dekabr oyida böladigan 2-mavsumda qatnaşadi.
❌ “Mening maktabim” doirasida öqituvçilar va maktab maʼmuriyati uçun tovar va xizmatlarni xarid qiliş taqiqlanadi. Bundan taşqari, quyidagiça loyihalar ilgari surilişiga yöl qöyilmaydi:
⛔️ öquvçilar örtasida nizo keltirib çiqaradigan, faqat bir guruh öquvçilar foydalanişi uçun möljallangan loyihalar;
⛔️ sanitariya meʼyorlarini buzişi yoki tabiatga zarar yetkazişi mumkin bölgan loyihalar (içimlik suvidan samarasiz foydalaniş va boşqalar);
⛔️ maktabni saqlaş bilan boğliq xarajatlar (kommunal xizmatlar va boşqalar);
⛔️ öquvçilar va öqituvçilarning soğliği (xavfsizligi)ga taʼsir qilişi mumkin bölgan loyihalar (attraksionlar va boşqalar);
⛔️ öquvçilar vaqtini behuda ötkazişiga olib keladigan, öquv jarayoniga salbiy taʼsir körsatadigan loyihalar (PlayStation kabi öyin maşinalari va boşqalar).
💰 Har bir ğolib maktabga tuman (şahar) byudjetidan BHMning 150 barobari – 61,8 mln sömgaça mablağ ajratiladi. Kiritiladigan loyihalar qiymati ana şu miqdordan oşmasligi kerak.
👉 @xushnudbek 👈
- 6 Telegram Stars


