«Marmaris» restorani egalariga 14,9 mlrd söm kompensatsiya qoplab berildi

Matn26-dekabr, 2020, 11:301 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan
Javob berilgan xabar: Xushnudbek.uz«Marmaris» restorani buzilganiga 3 yil bölsa-da, 14,8 mlrd sömlik kompensatsiya tölanmagan. Toşkent şahar hokimligining 917 ta mulkiga band solingan.

Aytgança, «Toşkent siti» qurilişi munosabati bilan buzilgan «Marmaris» restorani egalariga 14,9 mlrd söm kompensatsiya qoplab berilibdi. Kompensatsiya 3 yildan buyon tölanmayotgani haqida kanalimizda ham yozgan edik.

Kun.uz maʼlumotlarga köra, şahar hokimligi 17 ta tadbirkorlik subyektiga jami 79,9 mlrd söm kompensatsiya mablağlarini tölab bergan.

19-dekabr kuni bölib ötgan matbuot anjumanida poytaxt hokimi Jahongir Ortiqxöjayev turli davrlarda Toşkent şahrida davlat taşkilotlari va hokimiyat ehtiyojlari uçun buzib taşlangan xususiy mulklar egalariga qarzdorlik 2021-yil oxirigaça qaytarilişini maʼlum qilgan edi.

«Albatta, heç qörqmasdan aytişim mumkinki, bu yil Toşkent şahar hokimligi 2005-yildan boşlab buzilib ketgan mulklarning pulini töladi. Aytmoqçimanki, bizning hisoblarimiz bor, kelasi yilning oxirigaça joyi buzilgan birorta ham odam tölovsiz qolmaydi. 2021-yilda 2005-yildan bugungaça buzilgan hamma binolar adolatli bölsa, narx tafovuti töğri bölsa yoki sud qarori bölsa, puli tölanmasdan qolmaydi. Pulini beramiz yoki yer körinişida beramiz. Yerini berolmasak, boşqa mulk körinişida beramiz”, — degan edi Toşkent şahar hokimi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek