Mantiqsiz qonunlar qaçondir albatta bekor böladi
Mantiqsiz qonunlar qaçondir albatta bekor böladi. Ammo toki u bekor bölgunga qadar, minglab, balki millionlab odamlar qiynalgani qoladi xolos. Xuddi propiska rejimi kabi.
Davlat ramzlariga oid qonunçilik ham ana şunaqa mantiqsiz va kulgili taqiqlardan iborat.
Dunyoning köplab davlatlarida aholi öz Vatani bayroqlarini faxr bilan uylariga osib qöyadi, köçalarda turli ramzlarda ifodalab kötarib yuradi, sportçilar bayroq bilan bir xil kiyimlarda maydonga çiqadi (masalan, boksçilar bayroq ranglaridagi şortikda), ammo bizning Özbekistonda yelkasiga “Bitiruvçi” deb yozilgan bayroq ranglaridagi lenta taqqanlik uçun içki işlar organlari xodimlari töxtatib boşini qotiradi, profilaktik suhbat qiladi va oxirida maʼmuriy javobgarlikka tortiş uçun sudga beradi. Ajoyibmi? Ne-ho-yat-da ajoyib!
Yuqoridagi voqea 5-may kuni Qamaşi tumanidagi “Çim” dehqon bozorida hududida bölibdi.
Qaçondir bu mantiqsiz qonun ham özgaradi, degan umiddamiz. Vatan bayroği xalqniki — hammaniki.
👉 @xushnudbek 👈



