Kun qahramoni: Javohir Sindarov!!!
Kun qahramoni: Javohir Sindarov!!!
Javohir Sindarov 2025 Freestyle Chess Grand Slam turnirining çorak finalida Fişer şaxmati böyiça amaldagi jahon çempioni Hikaru Nakamurani mağlub etib, yarim finalga yöl oldi.
Eng qiziği dastlabki saralaş bosqiçida 2-örinni olgani uçun Javohirga çorak final uçun raqib tanlaş imkoniyati berilgandi. U Hikaruni tanladi va şaxmat olamida öziga xos şov-şuvga sabab böldi. Hatto Magnus Karlsen ham bu qarordan hayron qolgandi.
Dramatik ötgan bahsda Javohir haqiqiy qahramonlik körsatdi. Keça va bugun bölgan klassik bahslarda juda qiyin partiyalarni durangga aylantira oldi. Şundan söng tay-brekda rapid bahslari boşlandi.
Dastlabki partiya qora donalarda öynagan Javohir qiyin vaziyatdan çiqib, raqibini taslim etdi. Ikkinçi partiyada Hikaru bitta sipoh ustun edi. Hamma tay-brek davom etişini kutib turgandi, ammo Javohir partiya söngida Hikaruni qopqonga tuşirdi va ğalabani ilib ketdi. Qoyil, janob Sindarov! Barakalla!
Endi Javohir yarim finalda Fabiana Karuana bilan kuç sinaşadi.
👉 @xushnudbek 👈
- 18 Telegram Stars

