Kontraktning qança qismini kim qaçongaça tölaşi kerak?
❓Kontraktning qança qismini kim qaçongaça tölaşi kerak?
Yaqinda ayrim toifa talabalar uçun tölov-kontrakt tölaş muddati 10-dekabrgaça uzaytirilgani maʼlum qilindi. Şu xabardan söng, “bu kimlar uçun” degan savollar köpaydi.
Quyidagi maʼlumotdan barçasi tuşunarli böladi degan umiddaman:
✅ 1-kurs talabalari (bakalavr va magistr):
— kontraktning 25%ini 10-dekabrgaça, 50% ini 31-dekabrgaça tölaşi kerak;
✅ 1-kursda super-kontraktda öqimoqçi bölganlar:
— super-kontraktning 50% ini 10-dekabrgaça tölaşi kerak;
✅ Davlat OTMga öqişini tiklagan talabalar (neçançi kursligidan qatʼi nazar):
— kontraktning 25%ini 10-dekabrgaça, 50% ini 31-dekabrgaça tölaşi kerak;
✅ Bir davlat OTMdan boşqa davlat OTMga öqişini köçirgan talabalar (neçançi kursligidan qatʼi nazar):
— kontraktning 25%ini 10-dekabrgaça, 50% ini 31-dekabrgaça tölaşi kerak;
✅ Xorijiy (filiallar) va nodavlat OTMlardan davlat OTMga öqişini köçirgan talabalar (neçançi kursligidan qatʼi nazar):
— kontraktning 50% ini 10-dekabrgaça tölaşi kerak;
✅ 2, 3, 4 va undan yuqori kurs talabalari:
— kontraktning 25% ini 1-oktabrgaça, 50% ini 31-dekabrgaça tölaşi kerak edi. Yuqori kurs talabalariga kontrakt tölaş muddatini uzaytirişni OTM rektorining (filial direktori) özi hal qiladi. Şu sababli turli OTMlarda muddat turliça bölişi mumkin.
👉 @xushnudbek 👈


