Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

Kelgusida qurilişga tayyor bölmagan yerlarni auksionga çiqariş taqiqlanadi

Albom3-fevral, 2026, 20:042 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Kelgusida qurilişga tayyor bölmagan yerlarni auksionga çiqariş taqiqlanadi

Şavkat Mirziyoyev 3-fevral kuni urbanizatsiya va uy-joy qurilişida yangiça yondaşuvlarni joriy etiş yuzasidan taqdimot bilan tanişdi.

Asosiy gaplar:

🔹 hozirda aholining bir kişi boşiga örtaça 18,9 kvadrat metr turar joy maydoni töğri kelmoqda. Bu körsatkiçni kamida 23 kvadrat metrga yetkaziş uçun 2040-yilgaça yangi uy-joy qurilişi surʼatini 280 mingtaga oşiriş lozim;

🔹 Xalqaro taşkilotlarning hisob-kitoblariga köra, aholi punktlari tartibsiz kengayib borişi ayrim hududlarda kelgusida ekin yerlarining tanqisligiga olib kelişi mumkin.

Şu sababli eskirgan uy-joy fondini yangilaş, uy-joy qurilişida renovatsiya uluşini oşiriş zarurligi taʼkidlandi. Bunda renovatsiya hissasini hozirgi 15 foizdan 2040-yilga qadar 60 foizga yetkaziş zarurligi qayd etildi;

🔹 quriliş sohasidagi ruxsat oliş jarayonlari hozirgi örtaça 90-120 kundan xalqaro amaliyotga mos ravişda 7-15 kunga tuşiriladi.

Bunda barça tayyorgarlik jarayonlari va ruxsatnomalarni rasmiylaştiriş yer maydonlari auksionga qöyilişidan oldin bajariladi. Natijada tadbirkor auksionda yerni yutib olgandan söng qöşimça hujjat yiğmasdan va kelişuvlardan ötmasdan, barça hujjatlarni avtomatik tarzda oliş imkoniga ega böladi;

🔹 Qurilişga tayyor bölmagan yerlarni auksionga çiqariş taqiqlanadi;

🔹 boş va master rejalarning yagona maʼlumotlar bazasi, qurilişga tayyor yer maydonlari bazasi – “Yer banki”, köp kvartirali uylarning yagona geoaxborot bazasi, “eskrou” tizimi, quruvçilar reytingi va boşqalardan iborat “Uy-joy” axborot tizimini işlab çiqiş taklif etildi.

👉 @xushnudbek 👈

  • 3 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek