Keça Yevropa çempionlar ligasining guruh bosqiçi öz yakuniga yetdi
Keça Yevropa çempionlar ligasining guruh bosqiçi öz yakuniga yetdi. “Real Madrid” mağlubiyati evaziga joriy yilda ham sakkiztalikka kira olmadi. Şuningdek, ötgan yilgi finalçilar “PSG” va “Inter” ham sakkizlikdan joy ololmadi.
Oxirgi daqiqalarda qiziq işlar böldi.
Dastlab “Sporting” sönggi daqiqalarda gol urib, sakkizlikka çiqib ketdi.
Keyin esa Joze Mouriniyo boşçiligidagi “Benfika” oxirgi soniyalarda “Real”ga 4-golini urdi va töplar nisbatiga köra, bir amallab 24-örin bilan play-off bosqiçiga çiqdi. Öziyam oxirgi golni “Benfika” darvozaboni urdi.
Quvonçli tomoni, Ozarbayjonning “Qoraboğ” jamoasi ham keyingi bosqiçga çiqdi.
Qurʼa taşlaş marosimi ertaga, 30-yanvar kuni bölib ötadi. Yuqoridagi rasmlarda kim-kimga raqib bölişi mumkinligi körsatilgan. Har bir jamoaga ehtimoliy ikkita raqibdan bittasi tuşadi.
Maʼlumot uçun: guruh bosqiçida dastlabki 8 ta örinni olganlar, töğridan-töğri nimçorak finalga çiqadi. 9-24-örindagi 16 ta jamoa esa dastlab özaro öynab olişadi.
👉 @xushnudbek 👈
- 2 Telegram Stars


