Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

Keça tunda Toşkent şahridagi Mahtumquli köçasida bir fojia röy berdi

Albom10-oktabr, 2022, 11:022 daqiqa0 koʻrish

Keça tunda Toşkent şahridagi Mahtumquli köçasida bir fojia röy berdi. 10 M 666 RA raqamli BMW haydovçisi tezligini ança oşiradi. Natijada boşqaruvni yöqotib, qarama-qarşi yölda kelayotgan maşinalar ustiga borib tuşadi.

Ming afsus, öz yölida qoidani buzmasdan, sekingina kelayotgan Neksiya haydovçisi va uning yölovçisi voqea joyida halok bölibdi.

Bunaqa videolarni xuddi kino körganday körişga örganib qolganmiz. Terimiz qotib ketgan. Fojiani his qilmaymiz. Çunki bu voqealar biz bilan sodir bölgani yöq. Öşançun bizga qiziq emas. Öşançun şahar içida tezlikni kamaytiraylik desa, voy-doood deb ayyuhannos solamiz.

Yöl harakati xavfsizligiga masʼullarning işi ham sust. Gapirtirsa olamni buzgudek işlar qilgan bölib çiqadi, lekin amaliyotda bu deyarli sezilayotgani yöq. Qaçon qoidabuzarliklar uçun jarima tizimi işga tuşadi? Qaçon hamma köçalarimizda kameralar, fotoradarlar böladi? Qaçon yöllarimiz harakat uçun xavfsiz körinişga keladi? Qaçon qonunlar barça uçun birdek amal qilişni boşlaydi va javobgarlikning muqarrarligi taʼminlanadi?

Bu işlar bölguniça yana qança odam ölişi kerak?

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek