Keça tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingining taqdimoti ötkazildi
Keça tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingining taqdimoti ötkazildi.
Tadbirda tadbirkorlar reytingi özi nima ekanligi va u qanday işlaşi taqdimot qilinib, batafsil tuşuntirib berildi. Bundan taşqari, biznes vakillari tomonidan turli takliflar bildirildi.
Bugun, 1-fevraldan işga tuşirilgan Barqarorlik reytingi tadbirkorlar orasida raqobatbardoş muhitni şakllantirişga qaratilgan. Endilikda raqobatbardoş tadbirkorlar va xufyona biznes, yaşirin iqtisodiyotda işlaydigan tadbirkorlar yuzaga qalqib çiqadi.
Biror sohada raqobatni rivojlantiriş uçun şaffof va xolis reyting tizimidan yaxşiroq alternativ topiş qiyin. Masalan, dunyoning eng TOP oliy taʼlim muassasalari reytingini olaylik. Nufuzli reytinglarga kiriş uçun universitetlar özining xatolarini töğrilaydi, rivojlaniş strategiyalarini işlab çiqadi, zamon bilan hamnafas bölişga majbur böladi. Natijada öz-özidan taʼlim sifati oşadi.
Faqat yagona şarti - reyting mezonlari mantiqiy, ilmga asoslangan va adolatli bölişi kerak. Bizdagi tadbirkorlar reytingi ham vaqt ötişi bilan yana-da takomillaşib, amaliyotga moslaşib boradi, degan umiddamiz.
👉 @xushnudbek 👈

